Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin.
YaNGILASh
54-daqiqa. Bir oz avval gol urgan Erik Garsiya jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rnini Serxi Roberto egalladi.
50-daqiqa. GOOOOOOOL! Erik Garsiya ham ismini tabloga yozdirib qo'ydi, Kundedan yana bir assist.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Sevilya" bo'limni gol bilan boshlashga juda yaqin edi, biroq oxirgi zarba ko'ngildagidek chiqmadi.
45+1-daqiqa. Burchak zarbasini mezbonlar tepdi, lekin xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Dembele bir o'zi qarshi hujumga qochib ketib, to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yishni niyat qilgandi, ammo mo'ljalda biroz adashdi.
45-daqiqa. Jyul Kunde bu safar hujum markazida paydo bo'lib, boshi bilan zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
44-daqiqa. To'p nazorati borasida ko'rsatkich 49% - 51% "Barsa" foydasiga. Aniq zarbalar esa 1:4.
Arauxo oqsab maydonni tark etdi, lekin qaytsa kerak. Ha, shunday bo'ldi ham.
42-daqiqa. Isko va Arauxo to'p uchun kurashda jiddiy ravishda to'qnashib ketdi.
41-daqiqa. "Barsa"ning tiki-takasiga "Sevilya" futbolchilari ham cho'chimasdan tiki-taka bilan javob berishdi.
38-daqiqa. Darhol oldinga tashlangan "Sevilya" burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq undan naf chiqarishning imkoni bo'lmadi.
36-daqiqa. GOOOOOOOOL! Roooooobert Levangolski to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Uzatmani esa himoyachi Jyul Kunde amalga oshirgandi.
Fernando bu safar Dembelega imkon qoldirmadi.
35-daqiqa. Gudel yosh hamkasbi Gavini oldinga o'tkazmadi.
31-daqiqa. Dembele tezligi evaziga raqib himoyachilarini chalg'itib qo'ymoqda. Hozir ham u himoyachining qarshiligiga qaramay, zarba uchun imkon topdi.
29-daqiqa. Ogohlantirish! Buskets va Robert Levandovski aka o'rnida o'rtaga tushsada, Laos qoidani buzgani uchun Alexandro Baldega kartochka ko'rsatdi.
26-daqiqa. "Barsa" futbolchilari yuqori pressing namoyish qilishmoqda.
23-daqiqa. "Sevilya" raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda.
21-daqiqa. GOOOOOOOOL! Rafinya "Barselona"ni oldinga olib chiqdi. Dembelening ajoyib pasidan keyin Leva yaxshi vaziyatga chiqib bordi va to'pni kiperning ustidan tashlab qo'ydi, Fernando to'pni qaytardi va amalda Robertning golini Rafinyaga "sovg'a" qildi.
20-daqiqa. Yassin Bunu to'pni o'yinga kiritib berdi.
19-daqiqa. Gaviga nisbatan o'yin qoidasi buzildi, standart vaziyat. To'p oldida Rafinya.
18-daqiqa. Iskoning ajoyib pasidan keyin Yussuf En-Nesiri kiper bilan birga-bir chiqib bordi, ammo gol ura olmadi.
15-daqiqa. Lamelaning uzatmasidan keyin Akunya zarba yo'lladi, biroq uning urinishi qovushmadi.
14-daqiqa. "Barsa" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin naf chiqara olmadi.
13-daqiqa. GOOOOL! Biroq offsayd. "Sevilya" hisobni ochgandi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.
11-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.
9-daqiqa. Ogohlantirish! Usman Dembele qarshi hujum boshlayotgan Iskoni chalib yiqitgani uchun kartochka ishlab oldi.
7-daqiqa. Levandovskiy jarima maydonida himoyachilar bilan kurash jarayonida yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.
4-daqiqa. "Sevilya" o'yinni ancha dadil boshladi. Yana bir yaqqol golli vaziyat yuzaga kelgandi, biroq "Barsa" himoyachilari qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni darvozaga borib tushmasligini ta'minlashdi.
3-daqiqa. Qiziq bir holat, Buskets bosh hakamni aldab o'ta olmadi va "Sevilya" juda qulay vaziyatga chiqib ketayotgandi... Biroq Mateu Laos ish jiddiylashishini oldini oldi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
Asosiy tarkib vakillari stadionga tushib kelishdi. Sardorlar bosh hakam bilan ilk rasmiy ishlarni hal qilib olishmoqda.
Har ikki jamoa bosh murabbiylari asosiy tarkiblarni aniqlab olgan. E'tiborli tomoni, mezbonlar asosiy tarkibida Isko Alarkon o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydi.
"Sevilya" – "Barselona"
4 sentyabr, 00.00, "Ramon Sanches Pisxuan"
"Sevilya" – Bunu, Montel, Gudel, Nyanzu, Akunya, Rakitich, Fernando, Jordan, Isko, Lamela, En-Nesiri.
"Barselona" – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Erik Garsiya, Balde, Buskets, Pedri, Gavi, Levandovski, Dembele, Rafinya.
Sevilya | Primera Divizion . 4-tur 04/09/2022, 00:00 3 : 0 2-bo'lim | Rafinya - 21', Robert Levandovskiy - 36', Erik Garsiya - 50' |
Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40233 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu Laxoz
45' 90' 33' Joan Jordan46' Joan Jordan (Tomas Dileyni)46' Nemanya Gudel (Xose Anxel Karmona)9' Usman Dembele21' Rafinya28' Alexandro Balde36' Robert Levandovskiy36' Jyul Kunde50' Erik Garsiya50' Jyul Kunde55' Erik Garsiya (Serxi Roberto) Match-tsentrda ochish3-Sentyabr 2022,01:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0