"Barselona" yarim himoyachisi Sergi Roberto jarohati sabab bir oydan ko'proq maydonga tusha olmasligi mumkin.
16 aprel, yakshanba kuni bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Xetafe”ga (0:0) qarshi o'yinda 31 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohati sabab 17-daqiqada almashtirildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Serxi Robertoning chap sonidagi mushagi yirtilgan. Bu uning bir oydan ko'proq vaqt davomida "ko'k-anorranglilar" safida maydonga tusha olmasligini anglatadi. Bugun yarim himoyachi qo'shimcha tekshiruvdan o'tadi va bu ko'rikda uning jarohatiga aniq tashxis qo'yiladi va futbolchining tiklanish muddatiga oydinlik kiritiladi.
Serxi Roberto joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
17-Aprel 2023,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0