Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin...
Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin...
Qismat shunday: ba'zan kosang moyga to'lar,
Ba'zan esa o'ylaganing o'xshamaydi.
Muhimi shu, hayotda ne bo'lsa bo'lar,
Vaqt millari chiqillashdan to'xtamaydi.
Balki, ko'p bor qo'lga tushmas o'ljalari,
Asl ovchi ne bo'lsa ham qaytmas ovdan.
Boshi toshu devorlarga tekkan sari,
Asl ovchi shakllanar Abramovdan.
Tasodifga to'ladir bu dunyo, biling,
Bugun yig'lar yuzga erta balqar kulgu.
Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin,
Bu hayotning asli o'zi tavakkal-ku.
Rostin ayting, kecha bizning 11 o'g'lon,
Raqiblarni xavotirga qo'ymadimi?
Yoki mag'lub bo'lgan o'sha yigitlardan
Birortasi jon kuydirmay o'ynadimi?
Odil deymiz, Jalol deymiz, yo boshqasi
Raqiblarga yutqazay deb o'ynamaydi.
Ota — Vatan, ona — Vatan, farzand — Vatan,
Hech kim atay jigarini qiynamaydi.
Yigitlarning yuragiga tushdi bir yuk,
Biznikidan ming hissadir chekar dardi.
Agar Alloh mag'lubiyat bitgan bo'lsa,
Kecha zo'rdan zo'rlari ham yutqazardi.
Abramov va kecha o'ynab yutqazganlar,
So'kinishmas, daldamizga muhtoj hozir.
Hali ular qozonadir ko'plab zafar,
Bizning terma — asli ko'p narsaga qodir.
Etar endi, qalbimizni tark etsin g'am,
Umidsizlik hislarini o'ldiraylik.
Bardam bo'ling va keyingi o'yinda ham,
Stadionni kechagidek to'ldiraylik.
Bu gaplarim balki yoqar, yoqmas kimga,
Biz har doim ishonamiz Abramovga.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
H
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (35327/+18)
UzFIFA Yangiliklari (23.11.2025)
Futbol TV Yangiliklari (23.11.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1817)
Eng ko'p o'qilgan
22-Noyabr
19:28
La Liga. "Barselona" – "Atletik": Yamal, Levandovski va Berenger asosiyda!
O'qildi: 16355 - Fikirlar: 0
O'qildi: 16355 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
21:30
17-Noyabr
09:00
Suares: "Odamlar mening "Barselona"da faqat bitta yaxshi mavsumim bo'lgan, deb noto'g'ri fikrlashmoqda"
O'qildi: 14746 - Fikirlar: 0
O'qildi: 14746 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





279