Kataloniyaning “Barselona” klubi kelasi yozda Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Yusuf Mukokoni sotib olishdan umidini uzmayapti.
Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "arilar" o'z hujumchisi bilan yangi shartnoma imzolamaydi va 2023 yilning iyunida erkin agent sifatida ketadi deb umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, so'nggi paytlarda Mukoko "Borussiya" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida ko'p mish-mishlar tarqaldi. 18 yoshli hujumchi joriy mavsum Bundesligada 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq Mukoko Londonning "Chelsi" klubining ham transfer maqsadlaridan biri ekanligi xabar qilingandi. “Ko'klar” qishda futbolchi sotib olishga qarshi emas, shartnoma muddati tugashiga olti oy qolganda “Borussiya”ga tovon puli to'lab berishadi.
16-Dekabr 2022,15:00