"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ning qiziqishlarini e'tiborsiz qoldirishda davom etmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “qizil iblislar”ning niderlandiyalik futbolchini qo'lga kiritish borasidagi yangi urinishlari haqidagi mish-mishlarga qaramay, futbolchi yozdan beri o'z fikridan qaytgani yo'q va hali ham “Kamp Nou”da qolishni istamoqda.
Shu yilning iyul oyida "Barselona"ning o'zi De Yongni sotishga rozi bo'ldi, chunki futbolchi klubda maosh bo'yicha yuqori o'rinda turadi. Niderlandiyalik futbolchiga nisbatan “ko'k-anorranglilar”ning keyingi rejalari hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Frenki Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi safida to'p surgan va jamoasi bilan chorak finalga qadar etib borgandi.
22-Dekabr 2022,17:30