Jerar Pike asos solgan Qirollar Ligasining ilk o'yinlari 1 yanvar kuni bo'lib o'tdi.
Musobaqa uchrashuvlarini o'rtacha hisobda 450 000 tomoshabin onlayn tomosha qildi, eng yuqori cho'qqi esa tvichda 780 000 kishi tomonidan jonli ko'rilgan "Porsinos" va "Sayyans" o'rtasidagi o'yinga to'g'ri keldi.
Qirollar Ligasiga bo'lgan qiziqish Primera 15-turining aksariyat o'yinlaridan ham yuqori bo'lib chiqdi.
Faqatgina "Barselona" – "Espanol" (Movistar + da 610 ming tomoshabin) va "Valyadolid" – "Real" (DAZNda 548 ming tomoshabin) o'yinlari yangi media futbol turniri (o'rtacha 450 ming tomoshabin) o'yinlariga qaraganda ko'proq e'tiborni tortdi.
Jumladan, "Atletiko" – "Elche" o'yini translyatsiyasi eng yuqori cho'qqisida 338 ming tomoshabinga ega bo'lgan bo'lsa, "Vilyarreal" – "Valensiya" uchrashuvini 311 ming tomoshabin kuzatilgan.
3-Yanvar 2023,19:00