Ispaniya sport sudi "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining 3ta o'yindan iborat diskvalifikatsiyasini o'z kuchida qoldirish haqida qaror qabul qildi. Eslatib o'tamiz, polshalik futbolchi «Osasuna»ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgandi va Tartib-intizom qo'mitasi uni 3ta o'yinga chetlaish haqida hukm chiqargandi. Kataloniyaliklar ushbu qaror ustidan Madriddagi markaziy sudga murojaat qilishdi. Ushbu sud dastlab hukmning kuchga kirish muddatini ortga surdi. Shuning uchun Levandovski «Espanol»ga qarshi o'yinda (1:1) ishtirok etdi. Ma'muriy sport sudi esa Tartib-intizom qo'mitasining qarorini o'z kuchida qoldirish haqida qaror chiqardi. Shu sababli, «Barsa» yana apellyatsiya bergan taqdirda ham Levandovski «Atletiko»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, u «Xetafe» va «Jirona»ga qarshi uchrashuvlarni ham o'tkazib yuboradi. Futbolchining diskvalifikatsiyasi boshqa musobaqalarga ta'sir qilmaydi.
4-Yanvar 2023,21:40