"Milan" AQShlik himoyachi Serjino Destning o'yiniga shubha qilmoqda va endi amerikalik futbolchi uchun "Barselona" bilan tuzilgan shartnomaga asosan 20 million evroga sotib olish variantini faollashtirmoqchi emas.
Bu haqda La Gazetta dello Sport nashri xabar bermoqda. Hozirda Dest Italiya chempioni safida ijara asosida o'ynamoqda.
22 yoshli Dest joriy mavsumda 13 o'yinda gol ura olmadi. Uning 2020 yil oktyabr oyidan beri o'ynab kelayotgan "Barselona" bilan shartnomasi 2024/2025-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Keyingi o'yinda "Milan" Italiya chempionatida (24 yanvar) "Latsio" bilan mehmonda o'ynaydi. Stefano Pioli shogirdlari 18 uchrashuvdan keyin 38 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Musobaqa peshqadami “Napoli” (47).
20-Yanvar 2023,22:10