Oldinroq klub 2016-2018 yildan buyon Xose Mariya Negreyraga 1,4 mln evro o'tkazib bergani borasida ma'lumotlar berilgandi. Keyinchalik "Barselona" bu borada rasmiy bayonot bilan chiqib, klub yosh futbolchi va hakamlarning hisobotlari uchun o'tkazganligini ma'lum qilgandi.
Keyinchalik "Barselona" 2003 yildan buyon Neyreyraga 4,7 mln evro o'tkazib kelganligi ma'lum qilindi. Undan tashqari, Neyreyra har bir o'yin oldidan "Barselona"ga hakamlarning ma'lumotlari, hisobotlarini taqdim qilib borgan.
"El Mundo" nashrining yozishicha, Neyreyra 2001 yildan buyon "Barselona"dan umumiy miqdorda 6 659 488 evro qabul qilib olgan.
"Barselona"da Joan Gaspar prezident bo'lib turganida 2001/02 yilgi mavsumda 135 288 evro, 2002/03 yilgi mavsumda 139 535 evro qabul qilgan.
Joan Laporta prezident bo'lganidan keyin esa Negreyra ko'proq pul ishlab olishni boshlagan. Laportadagi dastlabki mavsumda 2003/04 yilgi mavsumda 145 758 evro, 2009/10 yilgi mavsumda esa 573 398 evro.
Sandro Rossel davrida 2010-2014 yillar davomida summalar deyarli o'zgarmagan. Jozep Bartomeu esa summani sezilarli oshirgan - 2 yilga 1,6 mln evro.
17-Fevral 2023,20:00