«Nyuells Old Boyz» bosh murabbiyi Gabriel Xayntse «PSJ» hujumchisi Lionel Messining jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«U haqidagi savollardan uyalaman. U qaytish yoki qaytmaslikni faqat o'zi hal qiladi. Bu uning tanlovi, hech kim qaytishga majbur emas.
Iltimos, Messini tinch qo'ying, u bizni xursand qilishda davom etsin va qaerda bo'lmasin baxtli bo'lsin», - dedi Xayntse.
Messining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, OAV u parijliklarning shartnoma bo'yicha moliyaviy jihatlaridan qoniqmagani haqida xabar bergan edi.
Oldinroq Messining otasi «Barselona» prezidenti Joan Laporta bilan muzokara o'tkazgani, unda argentinalik futbolchining Kataloniya klubiga qaytishi masalasi muhokama qilingani haqida xabar berilgandi.
35 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda «PSJ» safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
6-Mart 2023,12:30
O'qildi: 42 - Fikirlar: 0