LaLiganing 27-turi doirasidagi uchrashuvda kataloniyaliklardan Usmon Dembele, Pedri, Andreas Kristensen, Frenki de Yong kabi futbolchilar qatnashgani yo'q.
"Xursandman. Bugungi o'yinga tarkibni tuzar ekanman, kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarni maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Ular yuqori darajadagi o'yinni namoyish qilib berishdi. Mana bu haqiqiy jamoa.
Yana bir qadamni tashladik va juda kerakli g'alabaga erishdik. Jamoaning o'yinidan mamnunman.
To'g'risini aytsam, Erik Garsiyani markazda o'ynatish g'oyasi Yordi Kroyffdan chiqdi. U buni o'tgan yildan buyon menga gapirib kelayotgandi. Buni murabbiylar shtabi bilan birgalikda o'yladik va so'nggi oylar davomida uni mashg'ulotlarda tayanch futbolchisi sifatida o'ynatdik. U bugun yaxshi o'yin namoyish qildi. Menimcha undan yaxshi tayanch yarim himoyachisi chiqadi.
Fati bugun ideal o'ynadi, gol esa doimo ishonch bahsh qiladi. Ansu o'yin so'ngida charchab qoldi, chunki u katta mehnat qildi. U menga juda muhim. Gol - uning mehnati samarasi bo'ldi. Shuningdek, Ferran Torres uchun ham xursandman. U ham golga loyiq mehnat qildi", - dedi "Barselona" ustozi.
2-Aprel 2023,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0