Leo Messi "Pari Sen-Jermen"ni tark etishga yaqin. Manbaga ko'ra, Frantsiya klubi va argentinalik futbolchi o'zaro hamkorlikka yakun yasash arafasida turibdi.
Dastlab yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish kutilgan edi. Hujumchining yana bir yil Parijda qolishiga kelishib olingandi. Biroq ayni paytga kelib Messining kelajagi PSJ bilan bog'lanmasligi ayon bo'lmoqda.
Muzokaralar haliyam davom etmoqda. Biroq ko'rsatkichlar shartnoma imzolaniishi imkoniyatlari pasayib borayotganini ko'rsatmoqda.
Messining "Barsa"ga qaytishi klubning moliyaviy qiyinchiliklari sabab amalga oshmasligi mumkin. Agar Messi Chempionlar Ligasida o'ynashni istasa, PSJda qolishi mumkin. Uning Saudiya Arabistoni klubiga ko'chib o'tishi yoki "Inter Mayami" a'zosiga aylanishi ehtimoli ham yo'q emas.
4-Aprel 2023,18:45