“Barselona” va “Real” klublari 5 aprel, yakshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsi doirasida o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv oldidan har ikki jamoa murabbiylari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.Avvaliga “Real” ustozi Karlo Anchelotti jurnalistlar savollariga javob qaytardi.O'yin haqidaDiqqat-e'tiborni jamlaganmiz va motivatsiyaga to'lamiz. Kayfiyatimiz yaxshi, bizda hammasi o'xshaydi. Bu o'yinda energiya va tajriba muhim bo'ladi. Hujumlarni yaxshi boshlashimiz, to'pni to'g'ri o'yinga kiritishimiz kerak. Yoshi katta o'yinchilarning tajribasi muhim rol o'ynaydi.Joriy mavsum Xaviga qarshi uch o'yinni boy bergani haqidaBunga murabbiylarning individual qarama-qarshiligi sifatida qarash juda qiyin. G'alaba qozonish navbati bizniki.Tarkib haqidaHa, o'tgan o'yindagi tarkibni tushirish variantini ham ko'rib chiqyapmiz, biroq so'nggi o'yinlardagi vaziyatga ham baho berish kerak. Bizga natijadan boshqa jihatlar ham muhim. So'nggi klasikoda kurashdik, eng kamida g'alabaga yaqin kelgandik. Tarkib o'zgarishi ham, avvalgidek qolishi ham mumkin. Biz mukammal o'yin o'tkazishni istaymiz. So'nggi ikki o'yin u qadar yomon bo'lmadi.Agar butun yil davomida ishlamagan bo'lsang, o'yin uslubini o'zgartirish qiyin. Biroq detallar orqali hayron qoldirish mumkin.Gol urish kerakligi haqidaGol urish uchun butun vujud bilan oldinga o'tish yaramaydi, chunki 90-daqiqada ham to'p kiritish mumkin. To'p bilan va to'psiz vaziyatlarda o'yinni nazorat qilish kerak. Birinchi o'yinda buning uddasidan chiqdik. U qadar ko'p vaziyat sodir etmadik, aniqroq harakat qilish, bir fazadan ikkinchisiga tezroq o'tish kerak. Beshinchi daqiqadayoq gol urib, keyin ikkita o'tkazib yuborish mumkin. Agar to'g'ri harakat qilsang, gol urishga imkoniyat bo'ladi.Katalonlar murabbiyi Xavi ham o'yin haqida fikr bildirdi.O'yin haqidaBizning maqsad Superkubok va La Ligadagi uy o'yinida bo'lgani kabi harakat qilish. Biroq “Real” Ispaniyaning va Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi. Biz ustunlik qilishga harakat qilamiz, biroq oson bo'lmaydi. Birinchi o'yindagi 1:0 hisobi — juda yaxshi natija.“Real”ni favorit sanashi borasida“Real”ni ikki o'yindan iborat qarama-qarshilikda engish juda qiyin. Ular so'nggi bor qachon uy-safar tizimidagi bahsni boy berdi? Mana nima uchun men “Real”ni favorit sanayapman, garchi “Barselona” dastlabki o'yinda yutgan bo'lsa ham.“Negreyra ishi” va hakamlik haqidaBiz UEFA, Negreyra, Tebasni muhokama qilmaymiz. Revansh olish uchun maydonga chiqadigan “Real”ni yutishga qodirligimizni ko'rsatishimiz kerak. Qolgani bizni qiziqtirmaydi va biz u masalalarni nazorat qila olmaymiz.Bu haqida hech narsa o'qimayman va juda kam eshitaman. Bizni ichki muhit ko'proq qiziqtiradi. Hech qanday jihat bizni yo'ldan adashtirmasligi kerak.Hakamlar haqida ko'p gapirganman. Yolg'on bilan o'yinni yutishni istamasdim. Qonuniy yo'l bilan g'alaba qozonishni xohlayman. Hakamlar haqida gapirishdan foyda yo'q. Ular xatolarga yo'l qo'yadi. Menga g'alaba qozonishga yordam beradigan hakamlar yoqmaydi. Doim to'g'ri yo'l bilan yutishni istayman.“Barselona” va “Real” jamoalar o'rtasidagi o'yin O'zbekiston vaqti bilan 5 apreldan 6 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yinda katalonlar 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. G'olib finalda “Osasuna”ga qarshi bahs olib boradi.
5-Aprel 2023,10:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0