«Barselona» klubi yuzaga kelgan murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqib ketishi uchun yozda kamida 200 million evro davromad topishi kerak. Buning uchun klub bir qancha futbolchilar sotishi talab etiladi. Bu yo'nalishda "Barsa" rahbariyati yozgi transferda sotiladigan o'yinchilar ro'yxati va rejasini tuzib chiqdi. Rejaga ko'ra, uch futbolchi har qanday holatda ham sotilmaydi. Ular — himoyachi Ronald Arauxo, yarim himoyachilar Pedri va Frenki de Yong. Shuningdek, «Barselona» Mark-Andre ter Shtegen, Gavi, Aleks Balde, Jyul Kunde, Rafinya va Robert Levandovskini sotish haqida o'ylayotgani yo'q. Shuningdek, bosh murabbiyi Xavi Andreas Kristensen va Frank Kesse bilan xayrlashishni istamaydi. Qolgan o'yinchilarga munosib taklif tushsa, "ko'k-anorranglilar" ularni sotishi mumkin. Ayniqsa, maoshi yuqori bo'lgan futbolchilar birinchi navbatda sotib yuboriladi.
5-Aprel 2023,10:40