Levandovski "Jirona"ga qarshi belidagi jarohat bilan o'ynagani ma'lum bo'ldi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Jirona"ga qarshi kechagi La Liga o'yinida qatnashishga to'liq tayyor emas edi. Eslatib o'tamiz, uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi.
Jurnalist Roman Koltonning so'zlariga ko'ra, polshalik hujumchi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkaza olmagan va uning o'yindagi ishtiroki butunlay so'roq ostida qolgan. Futbolchining belida muammolar bor edi, ammo shifokorlar hujumchiga maxsus kamar taqib Robertni maydonga chiqarish yo'lini topdilar.
Eslatib o'tamiz, Levandovski 24 uchrashuvda 17 ta gol va 6 ta golli uzatma bilan La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Robert "Bavariya"dan ko'chib o'tgandan so'ng "Barselona"dagi ilk mavsumini o'tkazmoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)