“Qora” Belgiya (tahliliy maqola)
Belgiya kelib chiqishi turli millat vakillaridan tuzilgan terma jamoa hisoblanadi.
Belgiyaning Afrikada faqatgina bitta koloniyasi bo‘lgan – Kongo. Bir necha o‘n yillar Belgiya o‘z koloniyasining boyliklaridan foydalanib kelgan. Mahalliy aholi bundan to‘yib ketdi va 1960-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
U erda katta siyosiy jarayonlar bo‘ldi. Patris Lumumba yosh mamlakatning birinchi premer-ministriga aylandi. Lekin Lumumba o‘ldirildi va uning o‘rniga general Mobutu keldi. Shundan so‘ng Kongoni evropaliklar tark eta boshladi. Mobutu davrida Kongo o‘z nomini Zairga o‘zgartiradi. Zair Jahon Chempionatining qatnasha olgan ilk “Qora” Afrika mamlakati edi. Bu ishni undan oldin Afrikaning asosan arablar yashaydigan hududi – Misr va Marokash uddalagan edi. Bu tarixiy voqea 1974-yilda sodir bo‘lgan. Germaniya maydonlarida to‘p surgan Zair terma jamoasi kuchsiz o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, muhimi ishtirok eta olgan. Uning ortidan Kamerun, Nigeriya, Gana kabi terma jamoalar ham keyinchalik ishtirok etishni uddalashgan.
Keyinchalik kelib chiqishi kongolik bo‘lgan futbolchilar Evropa arenalarida to‘p sura boshladi. 1987-yilda Belgiya terma jamoasi safida ilk marta qora tanli futbolchi maydonga tushdi. Bu Dimitri Mbuyu edi.
Dimitri hech qachon Afrikada yashamagan. U Belgiyada tug‘ilgan, ota-onasi kongolik edi. “Lokeren”, “Standart”, “Bryugge” jamoalarida to‘p surgan. U terma jamoa safida maydonga tushdi, o‘z vazifasini bajardi va keyin “yo‘qolib qoldi”.
Mbuyuning termaga chaqirilganidan o‘n yil o‘tib kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan ikki futbolchi terma jamoaga jalb etildi. Murabbiy Jorj Lekens “Muskrona” jamoasi safida yorqin o‘yin namoyish etayotgan aka-uka Mpenzalarga e’tibor qaratmasdan o‘tolmadi. Aka-ukalar afrikancha va fransuzcha ismlarga ega edi – kattasi Mbo va Jerom, kichigi Lokonda va Emil. Ikkala ajoyib hujumchi faqatgina klub safida emas, endi terma jamoada ham ko‘plab gollar uradigan bo‘lishdi.
Aka-uka Mpenzalar, ayniqsa, kichigi Emil terma jamoaning asosiy figurasiga aylandi. O‘sha vaqtlarda Belgiya terma jamoasi o‘ziga yarasha va musobaqalarda doim qatnashib yurmasligi ularning aybi emas. Belgiya 2002-yilgi Jahon Chempionatidagi omadsiz yurishidan so‘ng, faqat saralashlarda ishtirok etib yurdi. Bir qancha vaqt terma jamoa safida Belgiya pasportiga ega sobiq yugoslaviyaliklar paydo bo‘ldi. Yana afrikaliklar ham bular safida bor edi. Yarim himoyachi Daniel Kimoni, keyinchalik himoyachi Vensan Kompani. Birinchisi ko‘zga ko‘rinib, keyin yo‘qolib qolgan bo‘lsa, ikkinchisi terma jamoada o‘z o‘rnini topa oldi va hatto, Belgiyaning birinchi qora tanli sardoriga aylandi. Kompaniga elkadosh bo‘lib flamandliklar oilasidan bo‘lgan Entoni Vanden Borre to‘p surgan. Kompanini ham. Borreni ham otalari koloniyalardan bo‘lgan, ammo farzandlari Belgiyada tug‘ilib o‘sgan va to‘laqonli evropalik hisoblanishadi. Ulardan tashqari Mussa Dembele ham terma jamoa safida 11 yil o‘ynadi va 2018-yil bronza medalni olgandan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Terma jamoaning tayanch nuqtasida Aksel Vitsel o‘ynaydi. U ham qora tanli, ammo afrikalik emas. Uning otasi Belgiyaga Vest-Indiyaning Martinika orolidan kelgan.
O‘tgan o‘n yillikda Belgiyada mish-mishlar paydo bo‘ldi. “Anderlext”ning yoshlar jamoasida judayam iste’dodli futbolchi bor ekan, bir mavsumda 60-70 talab gollar urayotgan ekan. Uning ismi – Romelu Lukaku. Uning otasi Roje Lukaku ham futbolchi bo‘lgan va Belgiyaning turli jamoalarida o‘ynagan. Terma jamoada esa Zair nomini Kongo Demokratik Respublikasi nomiga almashtirgan jamoa sharafini himoya qilgan. Ammo Antverpenda dunyoga kelgan o‘g‘li Kongo emas Belgiya terma jamoasida o‘ynashni afzal bildi.
Aynan Lukakuning terma jamoada paydo bo‘lishi, jamoani oldinga siljishiga yordam berdi. To‘g‘ri, faqatgina Romelu emas, unga elkadosh bo‘lgan, Tibo Kurtua, Tomas Vermalen, Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen, Kevin De Bruyne, Eden Azar kabi futbolchilar ham Belgiya terma jamoasini yuksaklarga olib chiqishga bel bog‘lashdi. Jamoada yana kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Maruan Fellayni, Naser Shadli, Mexdi Karsela-Gonsales, ispaniyalik bo‘lgan Yannik Ferreyra Karrasko va Kevin Miralyas, indoneziyalik Radja Naingolan kabi futbolchilar to‘p surishadi. Lekin tan olish kerakki, ularning tayanchi Romelu bo‘ladi. Romeluning ortidan terma jamoada uning ukasi, himoyachi Jordan Lukaku ham paydo bo‘ldi.
Belgiya safida yana bir qancha qora tanli futbolchilar to‘p surishadi. Mishi Batshuayi, Divok Origi kabilar. Kristian Benteke esa Kinshasda tavallud topgan. U bemalol Kongo terma jamoasida to‘p surishi mumkin edi. Lekin u ham Lukakuga o‘xshab Belgiya sharafini himoya qilishni afzal bildi.Belgiya kelib chiqishi turli millat vakillaridan tuzilgan terma jamoa hisoblanadi. Bir tomondan olib qaralsa, bu yaxshi. Issiq Afrika qoni “Qizil iblislar”ga jo‘shqinlik bag‘ishladi va ular Jahon Chempionatida 3-o‘rinni, FIFA reytingida esa 1-o‘rinni band etishdi. Hozircha Belgiya terma jamoasida hammasi yaxshi. Roberto Martines futbolchilar bilan yaxshi munosabatda. Flamandliklar, Vallonlar, arablar, ispanlar, afrikaliklar, barchasi bir maqsad yo‘lida birlashishgan va hech qanaqa irqchilik va shunga o‘xshash tortishuvlar yuzaga kelgani yo‘q.
Stephan_El_Shaarawy
25-Noyabr 2019,18:16
25-Noyabr 2019,18:16
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
I
Imom_Qurbonov [375] [off] 20:57, 25-Nov
Yahwi maqola ekam omad wunaqalardan kop ciqarb turilar
Javob
Yahwi maqola ekam omad wunaqalardan kop ciqarb turilar
Javob
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+17)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)