Tug'ulgan kun
Bugungi sanada hayotlaridagi unutilmas kun - o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbol ahlini muborakbod etishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, uch yildan beri Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi sharafini muvaffaqiyatli himoya qilayotgan Odil Ahmedov o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Bugun Namangan o'g'loni 32 yoshga to'ldi. Terma jamoamizning etakchisi haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Futbolchi sifatida katta obro'ga erishdi, klub miqyosida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritdi. Ammo, uning boshqa futbolchilarimiz singari eng katta orzusi hozircha armon bo'lib qolyapti. Hozirda davom etayotgan JCH-2022 saralash bahslari bugungi qahramonimiz uchun so'nggi imkoniyat, oxirgi urinish.
- Odil, hamma futbolchi ham professional faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiylikni tanlayvermaydi. Ayrimlar umuman boshqa sohaga o'tib ketishadi. Tasavvur qilaylik, Odil Ahmedovdan kelajakda qanday murabbiy chiqishi mumkin?
- Murabbiylik juda qiyin soha. Bunga hozir guvoh bo'lyapman. Faoliyatim davomida ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Ularga qanchalik qiyin bo'layotganini ko'ryapman. SHuni bila turib, murabbiylikni tanlashim noto'g'ri bo'ladi. O'ylashimcha, mendan yaxshi murabbiy chiqmaydi. Hozirgi sharoitda murabbiylik sohasini tanlash niyatim yo'q. Lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Balki vaziyatning o'zi shunga to'g'ri kelib qolar. Ayni paytda bor etiborimni futbol maydonidagi faoliyatimga qaratganman.
- Futbolchi bo'lmaganingizda, qaysi kasb orqali oila tebratishingiz mumkin edi?
- Bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman. CHunki, futbolchi bo'lmaslikni tasavvur ham qila olmayman. Bolalikdan futbolga qiziqdim va shu kasb orqali non topishni maqsad qilganman.
- Akangiz Yoqub Ahmedov sanat sohasini tanladi va kinoda turli rollar ijro etdi. Tasavvur qiling, Odil Ahmedovni kinoga taklif etishdi...
- Bunga rozi bo'lmasdim. Sababi oddiy - kinoda rol ijro etish qo'limdan kelmaydi. Har bir ishni o'zining professionali bajargani maqul.
- Agar sizga taklif etilayotgan rol bevosita futbolchining obrazini talqin etish bo'lsa-chi?
- Mabodo shunday bo'lgan taqdirda, buni o'ylab ko'rardim. SHu orqali yoshlar futbolga yanada qiziqsa, bundan xursand bo'laman va shu maqsad uchun ham rol ijro etardim.
O'z o'rnida Odil Ahmedovni bugungi tavallud ayyomi bilan uning do'stlari, ukalari muborakbod etishadi.
Oston O'runov, "Lokomotiv" yarim himoyachisi
- Futbolni tanlashimga Odil aka Ahmedov sabab bo'lganlar. Aynan ularga havas qilib, futbol o'ynay boshlaganman. Futboldagi ilk qadamlarim Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tashlangan. Qaysidir manoda oilaviy muhit ham o'z tasirini o'tkazgan. Bahodir aka degan murabbiyning taklifi bilan Toshkentga keldim. Bu erda Temur Olimxo'jaev meni qarshi oldilar. Jiddiy sinov, yani ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganimdan so'ng “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladim. Taqdirni qarangki, menga ham Odil aka o'ynagan va yulduz darajasiga ko'tarilgan “Paxtakor” jamoasida o'ynash baxti nasib etdi. Orzularimdan biri ushaldi. Keyin Respublika olimpiya zaxiralari kollejida taxsil oldim. Ushbu o'quv maskanida o'z vaqtida mashhur futbolchilar o'qishgan, futbol sir-asrorlarini o'rganishgan. Ular orasida Odil Ahmedov ham bo'lgan. Menga bu baxt ham nasib etdi. Fursatdan foydalanib, Odil akani tavallud kunlari bilan tabriklayman.
Alisher Ahmedov, darvozabon, Odil Ahmedovning do'sti
- Odil har joyda etakchi, kuchli, irodali futbolchi bo'lgan. SHu xislati hozir ham bor. Lekin shuncha qobiliyatiga qaramay, maydonda ham, hayotda ham juda kamtarin inson. U bilan Respublika olimpiya zaxiralari kollejida birga taxsil oldik. Odildan tashqari, o'sha paytda siz bilan birga tahsil olgan futbolchilardan Mirzakamol Kamolov, Muqimjon Toshmatov, Sardor Qobuljonov, Rahmatillo Berdimurodov kabi do'stlarimizni ham aytib o'tishim mumkin. Barcha do'stlarimiz va shaxsan o'z nomimdan Odilni tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz.

Stephan_El_Shaarawy
25-Noyabr 2019,18:23
25-Noyabr 2019,18:23
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
H
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+15)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)