Kecha Ispaniya La ligasida tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ushbu bahslarda hammaning e'tibori "Real" - "Almeriya" hamda "Barselona" - "Betis" uchrashuvida bo'ldi. Ikki o'yin ham kutilgn jamoaning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakun topdi. Shuningdek, ikki o'yinda ham e'tiborga molik voqea yuz berdi. Birinchisi Benzema, ikkinchisi esa Lamin Yamal ismli yigitcha bilan bog'liq. Quyida shu haqida to'xtalamiz.
Benzema - to'purar
Karim Benzema o'zining "Real Madrid" afsonasi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlashda davom etmoqda. Kecha "Almeriya"ga qarshi o'yinda u "Qirollik klubi" safidagi 350-golini kiritdi. Florentino Peres o'yindan so'ng Karimga esdalik futbolkasini sovg'a qildi.
Frantsiyalik futbolchi "Bernabeu"da xet-trik qayd etgan va hozirda klubdagi 14 mavsumda 642 ta o'yinda 352 ta gol urgan. Karim "Real" futbolchilari orasida faqat Krishtianu Ronaldudan (451) ortda. Benzema hisobida La Ligada 236 ta, Chempionlar Ligasida 78 ta, Qirol kubogida 25 ta, Ispaniya Superkubogida 7 ta, Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 4 ta va Evropa Superkubogida 2 ta gol bor.
Karim uchun eng sermahsul mavsum 2021/22 yilgi mavsum bo'ldi - u 44 ta gol urdi, Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Natijada, 2022 yilda "Oltin to'p"ni aynan frantsuz qo'lga kiritdi.
Lamin Yamal - Kelajak yulduzi
"Yamal Messiga o'xshaydi, chunki u oldingi chiziqda o'ynash uchun tabiiy iste'dodga ega, bundaylarni topish qiyin", dedi Xavi 15 yoshli Lamin Yamal kattalar safida debyut qilgandan keyin.
“Lamin 15 yoshli bolaga o'xshamaydi, u juda etuk. U [o'ynashga] tayyor va yaxshi mashq qiladi. U bu klubda butun bir davrni nishonlashi mumkin", - deya qo'shimcha qildi "Barsa" bosh murabbiyi.
Yamal 83-daqiqada maydonga tushganiga qaramay, katta taassurot qoldirdi. O'smir pressingdan so'ng gol urishga yaqin qoldi va Usmon Dembelega golli uzatma berishga yaqin keldi.
Lamin Yamal "Barselona"da debyut qilgan eng yosh futbolchi bo'lib "Barselona" tarixiga kirdi. "Barselona" "Kamp Nou"da "Real Betis"ni qabul qildi va o'yin so'nggida «ko'k-anorranglilar» 4:0 hisobida oldinda borayotganida, Xavi yosh hujumchiga imkoniyat berishga qaror qildi.
Yamal 2007 yil 13 iyulda tug'ilgan va hozir u atigi 15 yoshda. Kecha u 83-daqiqada Gavini almashtirdi. O'zining qisqa muddatli chiqishi davomida futbolchi muxlislarga o'z iqtidorini ko'rish imkoniyatini berdi.
So'nggi o'yin to'purarlaridan biri bo'lgan Rafinya Yamalning aql bovar qilmaydigan yutug'ini qayd etdi.
“Men unga 15 yoshligimda viloyatim klubida o'ynaganimni aytdim va u bu stadionga muxlislar ko'z o'ngida borgan - bu aql bovar qilmaydigan! U deyarli gol urdi!” - deya Rafinyaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universe.
Xavi shogirdlari La Liganing 32 o'yinida 79 ochko to'plagan va turnir jadvalida "Real"dan 11 ochko oldinda bormoqda.
30-Aprel 2023,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0