Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoasining Ispaniya chempionatidagi g'alabasidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq daniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibida Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan edi.
"Barselona"dagi birinchi mavsumimda ikkita sovrin yutganimdan juda xursandman. Bu aql bovar qilmaydigan narsa" - dedi Kristensen "Espanol" jamoasida ustidan qozonilgan g'alabadan keyin bergan intervyusida.
Avvalroq Kristensen kelasi yozda ketishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Andreas o'z klubining asosiy markaziy himoyachisi, ammo moliyaviy muammolarni hal qilish uchun rahbariyatga pul kerak.
Kristensen o'tgan yozda "Chelsi"dan "Barselona"ga tekinga o'tgan edi.
15-May 2023,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0