"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasining Ispaniya chempionatidagi g'alabasidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, derbida "Espanol"ni mag'lub etgan kataloniyaliklar 2019 yildan beri ilk bor La Liga chempionligini kafolatladi.
"Juda xursandman, biz bu chempionlikka haqli edik. Mavsum davomida biz barqaror edik va juda yaxshi harakat qildik. Afsuski, Evropa arenalarida yaxshi o'yin ko'rsata olmadik, ammo Superkubok va Ispaniya chempionatida g'alaba qozondik. Umuman olganda, joriy mavsumni yaxshi deb hisoblash mumkin”, - dedi de Yong o'yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yoz De Yong "Barselona"ni tark etishi mumkin edi. Futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgan edi.
15-May 2023,16:40