Ispaniyaning iqtisodiy jinoyatlar bo'yicha prokuraturasi 2019 yilda “Barselona” va “Valensiya” klublari tomonidan amalga oshirilgan transferlarni tekshirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Gap darvozabon Netoning "Valensiya"dan "Barselona"ga 26 million evroga va qarama-qarshi yo'nalishdagi Yasper Sillessenning 35 million evroga o'tishi haqida ketmoqda. Da'vogar avvalroq "ko'rshapalaklar" vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Migel Sorio edi. Uning fikricha, ayirboshlash sifatida emas, balki alohida transfer sifatida tuzilgan bunday operatsiya har ikki klub balansini soxtalashtirishga qaratilgan va bu ularning harajatlari kamaytirilishi uchun qilingan.
Qayd etish kerakki, bunday voqea “Barselona” atrofida birinchi marta paydo bo'layotgani yo'q. Bir yil o'tib, klub braziliyalik Arturni "Yuventus"ga 76 million evroga sotdi va buning evaziga Miralem Pyanichni 60 million evroga sotib oldi.
16-May 2023,20:30