"Barselona" muxlislari Mark-Andre ter Shtegenni jamoa sardori bo'lishini xohlashmoqda.
Serji Buskets va Jordi Alba mavsum yakunida jamoani tark etishi sababli Serj Roberto "ko'k-anorranglilar"ning yangi sardori bo'lishi kerak. Biroq, u muxlislar orasida mashhur emas.
Mundo Deportivo nashri o'quvchilarining fikricha, nemis darvozaboni "Barselona"ning doimiy sardori bo'lishi kerak. Ter Shtegen hozirgacha so'rovnomada 47,16% ovoz olgan.
Ikkinchi o'rinni himoyachi Ronald Arauxo egallab turibdi, unga respondentlarning 26,37 foizi ovoz bergan. Kuchli uchlikni Frenki de Yong (6,31%) yopadi.
Shuningdek, kuchli beshlikka Serxi Roberto (6,31%) va Robert Levandovski (5,25%) kirgan.
Oldinroq Levandovski va Arauxo "Barselona"ning yangi sardori bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi - klubda an'anaviy tarzda ulardan to'rt nafari bor.
26-May 2023,21:50