"Barselona" muxlislari Mark-Andre ter Shtegenni jamoa sardori bo'lishini xohlashadi.
Serxio Buskets va Jordi Alba mavsum yakunida jamoani tark etishi sababli Serxi Roberto "ko'k-anorranglilar"ning yangi sardori bo'lishi kerak. Biroq, u muxlislar orasida mashhur emas.
Mundo Deportivo o'quvchilarining fikricha, nemis darvozaboni "Barselona"ning doimiy sardori bo'lishi kerak. Ter Shtegen hozirgacha so'rovnomada 47,16 foiz ovoz olgan.
Ikkinchi o'rinda himoyachi Ronald Arauxo, unga respondentlarning 26,37 foizi ovoz bergan. Kuchli uchlikni Frenki de Yong (6,62 foiz) yopadi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, Serxi Roberto (6,31 foiz) va Robert Levandovski (5,25 foiz) kirgan.
Oldinroq Levandovski va Arauxo "Barsa"ning yangi sardori bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
26-May 2023,23:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0