Dortmundning "Borussiya" klubi o'ng qanot himoyachisi Tomas Mene faoliyatini davom ettirish imkoniyatlarini baholashda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini boy bergandi. Futbolchining "arilar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi.
Insayder Manu Sayns o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Meneda faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant borligi haqida xabar berdi. Futbolchiga A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda - Turinning "Yuventus" va Milanning "Inter". Biroq belgiyalik futbolchining o'zi "Barselona"ga o'tmoqchi, shuning uchun u o'ng qanot himoyachisi qidirayotgan "ko'k-anorranglilar"ning takliflarini kutishga tayyor.
31 yoshli Mene Bundesliganing so'nggi mavsumida 10ta o'yin o'tkazdi.
10-Iyun 2023,12:40