Evropaning kuchli chempionatlarida joriy mavsum bahslari yakuniga etdi. «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland barcha musobaqalar doirasida 53 ta o'yinda ishtirok etib, 52 gol muallifiga aylandi. Bu borada u mutlaq etakchiga aylandi.Ikkinchi pog'onani «PSJ» forvardi Kilian Mbappe band etdi. Frantsiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda o'z klubi safida 41 ta gol urdi. Robert Levandovski («Barselona») 33 gol bilan kuchli uchlikka kirgan bo'lsa, Xarri Keyn («Tottenxem») 32 gol bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.Viktor Osimxen («Napoli»), Karim Benzema («Real») va Aleksandr Lyakazett («Lion») esa 31 tadan gol muallifiga aylanishdi.Mavsum-2022/23da Evropaning top-5 chempionatlari klublarida eng ko'p gol urgan futbolchilar:Erling Xoland — 52 golKilian Mbappe — 41 Robert Levandovski — 33Xarri Keyn — 32Viktor Osimxen — 31Aleksandr Lyakazett — 31Karim Benzema — 31Muhammad Saloh — 30Markus Reshford — 30
12-Iyun 2023,06:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0