Usmon Dembele kelasi mavsumda "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istashini aytdi.
- Mavsum qanday yakunlandi?
- Bu mavsum "Barselona" uchun yaxshi o'tdi. Biz La Ligani yutdik. Bu unvonga ega bo'lish har doim yaxshi, ayniqsa uch yil g'alaba qozonmagandan keyin. Biz "Barselona" muxlislariga katta quvonch keltirdik. Biz baxtlimiz.
- Kelgusi mavsumdagi maqsadlaringiz qanday?
- Hamma yana Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni xohlaydi, chunki biz ko'p yillardan buyon bunga erisha olmadik. Umid qilamanki, kelasi mavsum Evropada hammasi yaxshi bo'ladi.
- “Barselona”ning oxirgi ikki mavsumdagi Evropadagi bunday muvaffaqiyatsizliklarini qanday izohlaysiz?
- Biz Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni juda xohlagandik, chunki bizda yaxshi jamoa bor edi. Lekin o'yinimizga bir qancha omillar ta'sir qildi: jarohatlar bor edi, hakamlar ham xalaqit berishdi.
Chempionlar ligasi sizni kechirmaydi. Agar noto'g'ri bo'lsangiz, siz turnirni tark etasiz. Siz doimo diqqatni jamlashingiz kerak, chunki bu turnir sizni kechirmaydi. Ammo Chempionlar ligasi biz uchun hali ham ruhlantiruvchi. Ko'ramiz, kelasi mavsum nima bo'ladi”, - dedi “Barselona” vingeri.
17-Iyun 2023,21:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0