Xose Luis Mendilibarning fikricha, La Liganing bir qator jamoalari Chempionlar ligasida "yagona mavjud" o'rin uchun kurashadi.
"Sevilya" bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibarning aytishicha, "Real", "Barselona" va "Atletiko" yangi mavsumda Ispaniya chempionati turnir jadvalida u yoki bu tarzda birinchidan uchinchi o'rinni egallaydi.
"Atletiko"? Ular chempionatda ham, Chempionlar ligasida ham eng yuqori o'rinlar uchun yana kurashishga tayyorlar. Kuchli to'rtlikka kirish ular uchun mutlaqo normal holat. "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko" va boshqalar bor. Kuchli uchlikda bo'lish uchun "Barselona" va "Real" muvaffaqiyatsizlikka uchrashi kerak. Kuchli to'rtlikka kirish qiyin bo'ladi, ammo biz tayyor bo'lamiz deb o'ylayman", - dedi Mendilibar Mundo Deportivo bilan suhbatda.
"Sevilya" mavsumni 11 avgust kuni La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi. Besh kundan so'ng jamoa "Manchester Siti" bilan UEFA Superkubogi uchun o'ynaydi.
18-Iyul 2023,13:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0