«Barselona» klubining sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov argentinalik afsonalar Lionel Messi va Diego Maradonani o'zaro solishtirishni istamadi.«Messi — allaqachon afsona. Uni Maradona bilan solishtirish qiyin. Lionel kabi bu qadar ko'p sovrin yutgan futbolchi yo'q. Oltita «Oltin to'p», beshta «Oltin butsa», JCh—2014 musobaqasining eng yaxshi o'yinchisi. Argentina terma jamoasi tarixida Jahon Chempionatining eng yaxshi o'yinchisi nomiga sazovor bo'lgan futbolchilar ko'p bo'lmagan. 1978 yilda Mario Kempes, 1986 yilda Diego va 2014 yilda Messi.Messi yutib olgan sovrinlarni hech qaysi futbolchi qo'lga kirita olmaydi. Argentinaliklar har doim Messi va Maradonani solishtirishni yaxshi ko'radi. Biroq turli davrlarni solishtirish adolatdan emas», — deydi Stoichkov.Ma'lumot uchun, Messi butun faoliyati mobaynida «Barselona»da to'p surib keladi. Leo katalonlar bilan o'n marta Ispaniya chempionati, olti bor mamlakat Kubogi va sakkiz marta Ispaniya Superkubogida g'olib chiqqan. Shubilan birga futbolchi to'rt karra Chempionlar Ligasi, uch karradan UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon Chempionati g'olibi hisoblanadi.Leo Argentina terma jamoasi bilan JCh—2014 va Amerika Kubogining uchta musobaqasida (2007, 2015, 2016) kumush medalini qo'lga kiritadi. Shuningdek, Messi 2005 yilgi yoshlar o'rtasidagi JCh g'olibi va 2008 yilgi Olimpiada oltin medali sohibi hisoblanadi.
10-Iyun 2020,18:50