"Barselona" vingeri Usmon Dembele klubga o'zining munosabati tufayli jamoani tark etishni istamasligini aytdi, deb xabar bermoqda AS nashri.
Bosh murabbiy Xavi Dembele bilan suhbatda: "Men bu erda o'ynashda davom etishni va chempionlikni qo'lga kiritishni xohlayman, ammo sog'lom muhitda" - degan. Shuningdek, u Parijda unga ham uch barobar ko'p maosh taklif qilingan bo'lsa-da, pul tufayli "PSJ" taklifini qabul qilmaganini ta'kidladi.
Usmon jamoadoshlaridan biriga ham bu holat haqida gapirgan. Jumladan, frantsiyalik futbolchi klubda "doimiy ravishda unga bo'hton uyushtiradiganlar" borligini, "boshi kesilishini kutishni” istamasligini, shuningdek, "hech kim ustidan kulmaydigan joyda o'ynashini" aytdi.
"Barselona" va "PSJ" Dembele transferi bo'yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan.
Usmon "Barselona"da 2017 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda, o'shanda u Dortmundning "Borussiya" jamoasidan 135 million evroga sotib olingan edi. O'tgan mavsumda u 35 o'yinda maydonga tushib, 8 gol va 9 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
3-Avgust 2023,23:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0