FUTBOL TV telekanali "Ballon d'Or - 2019" marosimini jonli efirda namoyish qiladi
Xabaringiz bor, shu yilning 2 dekabr kuni Parij shahridagi "Shatle" teatrida France Football jurnali tomonidan ta'sis etilgan "Ballon d'Or - 2019" sovrinini topshirish marosimi bo'lib o'tadi.
Jahon futbol olamidagi barcha muhim musobaqalarni muxlislar e'tiboriga jonli namoyish etib kelayotgan FUTBOL TV telekanali mazkur marosimni ham to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatadi.
Marosim 2 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi. FUTBOL TV telekanali esa soat 23:00 dan boshlab — marosim mehmonlarini binoga kirib kelishi va flesh-intervyularni ham qamrab olgan holda jonli efirni boshlaydi.
"Ballon d'Or - 2019" sovrinini topshirish marosimini "Chelsi" klubi afsonasi Dide Drogba olib boradi. 21 oktyabr kuni ushbu sovringa da'vogar bo'lgan 70 nafar futbolchining ro'yxati e'lon qilingandi. Mutaxassislar bu yilgi "Ballon d'Or" "Liverpul" himoyachisi Virjiyl van Deykka nasib etishini taxmin qilishmoqda. Unga asosiy raqobatchi sifatida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu ko'rilmoqda.
O'tgan yili "Ballon d'Or" sovrini Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib qilgandi.

O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
I
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+13)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)