«Barselona» prezidenti Joan Laporta portugaliyali futbolchilar — Joau Feliks va Joau Kanselu bilan shartnoma imzolanganiga izoh berib o'tdi.«Nazarimda, bu tarixiy oqshom bo'ldi. Bizda yuqori saviyada raqobat qila oladigan jamoa yig'ildi. Ishonchim komil, amalga oshirilgan transferlardan Xavi qoniqish hosil qildi. Albatta, biz nomdor o'yinchilar bilan shartnoma imzolashimiz kerak edi. Transferlarimiz bilan faxrlanaman. Klubimizda professional xodimlar ishlamoqda, ularning mehnati samara berdi», – dedi Laporta "Barca Universal"ga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasining so'nggi kunida «Manchester Siti» himoyachisi Joau Kanselu va «Atletiko» hujumchisi Joau Feliks ijara asosida «Barselona» safiga o'tdi. Ular mavsum-2023/2024 oxiriga qadar "Kamp Nou"da to'p tepishadi.
2-Sentyabr 2023,07:40