Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirish "Barselona"ning ustuvor vazifalaridan biridir.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, sport direktori Deku allaqachon yarim himoyachining agentlari bilan bog'lanib, ehtimoliy kelishuvni muhokama qilgan. U masalani yil oxirigacha hal bo'lishini istaydi, ammo futbolchining agentlari shoshilmayapti.
Amaldagi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Ko'k-anorranglilar" niderlandiyalik futbolchi bilan yangi ko'p yillik shartnoma tuzishga tayyor, ammo muammolardan biri futbolchining maoshi.
O'tgan yozda de Yong "Barselona"ning uni "Manchester Yunayted"ga sotishga urinishidan juda norozi edi. O'shandan beri uning rahbariyat bilan munosabatlari yaxshilandi, ammo u maoshining kamaytirilishiga tayyor emas.
Ta'kidlanishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklari sababli kelishuvni tuzishga "mahkum"dirlar. Biroq, keyingi yozgacha masala hal etilmasa, voqealarning boshqa rivojlanishi mumkin.
17-Oktyabr 2023,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0