"Barselona" bosh murabbiyi Xavi joriy mavsum yakunida jamoani tark etganidan keyin yana Kataloniya klubiga qaytishi mumkinmi degan savolga javob berdi.
"Men qaytishni istisno qilmayman. Qancha kerak bo'lsa, "Barselona" bilan birga bo'laman, lekin hozir men ularga kerak emasman deb o'ylayman. Men hammasini allaqachon hal qilganman", - dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Xavi "Vilyarreal"ga qarshi Ispaniya chempionati 22-turidagi so'nggi o'yindan so'ng (3:5) "ko'k-anorranglilar"ni tark etish qarorini ma'lum qilgandi. Ushbu o'yindan so'ng ispaniyalik mutaxassis "Barselona"ga rivojlanish vektorini o'zgartirish zarurligini aytdi.
Xavi "Barselona"ni 2021 yilning 6 noyabridan berib boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida 44 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan ikkita sovrin – Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogi (ikkalasi ham 2022/2023 yilgi mavsumda) sohibi bo'ldi.
30-Yanvar 2024,21:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0