Joriy mavsumda "Barselona"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko Madrid" vingeri Joau Feliks "ko'k-anorranglilar" mashg'uloti vaqtida o'ng to'pig'idan jarohat oldi, shu sababli u to'rt haftani o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Toni Xuanmarti xabar berdi.
Manbaning ta'kidlashicha, portugaliyalik futbolchi 21 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Napoli" bilan Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida ishtirok eta olmasligi ehtimoli katta.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Feliks barcha turnirlarda 28 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.
30-Yanvar 2024,21:20