"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Atletiko"ga qarshi o'yindan (3:0) keyin o'zining holati va jamoaning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
"So'nggi bir necha hafta ichida mashg'ulotlarimiz biroz o'zgardi va yanada qizg'inlashdi. Men o'zimni juda yaxshi his qilyapman va jamoadoshlarim ham shunday deb o'ylayman. Xalqaro tanaffusdan keyin ham xuddi shunday ruhda davom etishimiz kerak. Oldinga qadam tashlash vaqti keldi.
Men yosh futbolchilarga yordam berishim va qo'llab-quvvatlashim kerakligini bilaman, lekin ular ham menga yordam berishlari, menga to'p uzatishlari, uzatmalar qilishlari kerak.
Eng muhimi — "Atletiko"ga qarshi o'yindagi kabi o'ynashda davom etishimiz kerak. Biz qanday o'yin ko'rsata olishimiz mumkinligini bilamiz, bizda katta salohiyat va ajoyib futbolchilar bor. Yoshlarimiz yoshi katta futbolchilar bilan yaxshi uyg'unlashishyapti" - dedi Levandovski.
18-Mart 2024,21:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0