Robert Levandovski "Oltin to'p" haqida gapirdi.
“2020 va 2021 yillar faoliyatimdagi eng yaxshi yillar. Yaqinda bir do'stim menga statistika yubordi: 85 o'yinda 100 ta gol urgan ekanman. Albatta, men qachondir “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishni istardim.
Men hali ham mukofot ololmaganim uchun xafa emasman. Lekin men o'sha yillardan birida mening navbatim kelganini his qilgandim.
2021 yilgi sovrin Messiga tegishli. 2020 yilgi "Oltin to'p" kech berilishi mumkinligi haqida mish-mishlar borligini eshitdim. O'sha yil men uchun ajoyib bo'ldi, men o'zimning eng yuqori darajamda edim, biz hamma narsani yutdik.
Agar men to'rt yildan keyin 2020 yilgi “Oltin to'p”ni olsam, albatta, xafa bo'lmagan bo'lardim. Bu katta sharaf va men mukofotni qabul qilgan bo'lardim”, dedi “Barselona” forvardi.
28-Aprel 2024,17:30