"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazib, uning "ko'k-anorranglilar" safidagi kelajagi haqida gaplashmoqchi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Xavi hozirgi vaziyatga oydinlik kiritishga tayyor, biroq u vaziyat bunday rivojlanayotganidan xafa. Takidlanishicha, ispaniyalik mutaxassis Laportaning Ispaniya La Ligasining 36-turidan o'rin olgan "Almeriya"ga (0:2) qarshi o'yinga uchmaslik qaroridan hayratda qolgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda Laporta Xavining "ko'k-anorranglilar" tarkibini yaxshilash zarurligi va klubning og'ir iqtisodiy ahvoli tufayli buni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar haqidagi so'zlaridan so'ng jahli chiqqani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
17-May 2024,20:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0