Frenki de Yongning jarohatidan tiklanishi kechikishi mumkin.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, «Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi yuklamalar ortib borayotgani sababli noqulaylikni boshdan kechirishda davom etmoqda. Bundan tashqari, yarim himoyachining jarohati o'rta va uzoq muddatda asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki to'piq bilan bog'liq muammolar surunkali holga kelishi mumkin. Biroq, muammoni jarrohlik yo'li bilan hal qilish mumkin emas.
Qayd etilishicha, tiklanish jarayoni uzoq davom etgani sababli de Yong «Barselona»ning mavsumoldi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishi mumkin. Qolaversa, yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik Frenkini jamoada olib qolmoqchi bo'lishiga qaramay, sog'lig'i bilan bog'liq muammolar niderlandiyalikning klubdagi kelajagini shubha ostiga qo'yishi mumkin.
De Yong to'pig'idan jarohat olib, Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yubordi. Yarim himoyachi oxirgi marta 21 aprel kuni maydonga tushgandi.
4-Iyul 2024,20:10
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0