Tiago Alkantara Xans-Diter Flikning «Barselona»dagi murabbiylar shtabiga qo'shiladi.
Avvalroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi futbolchilik faoliyatini yaqinda yakunlagan ispaniyalikni o'z murabbiylar shtabiga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, Tiago allaqachon o'z roziligini bergan va shartnomani yakunlash ustida ish olib borilmoqda.
Sobiq futbolchi yaqin yoki o'rta muddatda oldida boshqa qiyinchiliklar paydo bo'lishi mumkinligini tushunib, o'zini klub bilan «bog'lashni» istamayapti. Xansni bu shartlar qanoatlantirdi, «Barsa» esa Alkantarani jamoaga moslashtirishning eng maqbul yo'lini topishda davom etmoqda.
Manbaga ko'ra, Tiago muhim inson bo'ladi, ayniqsa muloqot (u «Bavariya»dagi vaqtidan beri nemis tilini yaxshi biladi) va klubni bilish borasida. Bugun ertalab u Xans Flik qo'l ostida mavsumoldi tayyorgarlikni boshlagan asosiy jamoa futbolchilari bilan uchrashdi.
10-Iyul 2024,19:10