"Barselona" va Kamerun terma jamoasi sobiq hujumchisiga 6 oy futbol faoliyatiga aralashishi taqiqlandi.
Bogotada (Kolumbiya) bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi JChning pley-off bosqichida Kamerun terma jamoasi Braziliyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy berdi (1:3). Tabiiyki, Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti bu natijadan norozi edi. FIFA tartib-intizom qo'mitasi o'yindan keyin tribunaosti yo'lagida aniq nima bo'lganini oshkor etmayapti.
Komissiya bayonotida aytilishicha, Samuel rasmiylar tomonidan "hujumkor xatti-harakatlar va halol o'yin qoidalarini buzish" va "noto'g'ri xatti-harakatlar"da aybdor deb topilgan.
Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi Kamerun futbol federatsiyasini 2021 yildan buyon boshqarib keladi. Endi u 6 oy davomida barcha yoshdagi terma jamoalar o'yinlariga kela olmaydi.
13-Noyabr 2024,11:14
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0