«Manchester Siti»ning 33 yoshli yulduz yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ingliz klubini tark etishga qaror qildi, deb xabar beradi «El Gol Digital».
Belgiyalik superyulduzning shartnomasi muddati tugamoqda va u jamoasini o'zgartirmoqchi. Manbaga ko'ra, De Bryuyne Saudiya klublarida katta qiziqish uyg'otmoqda, biroq belgiyalik futbolchining o'zi Evropada qolishni istamoqda. «Barselona» bundan unumli foydalanishga tayyor va unga 2025 yilning yozida shartnoma taklif qiladi. De Bryuynening o'zi ham Xans-Diter Flik boshchiligida ishlashdan manfaatdor.
De Bryuyne joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.
2-Dekabr 2024,10:20
O'qildi: 68 - Fikirlar: 0