Yarim himoyachi Frenki de Yongning "Barselona"dagi hozirgi mavqei baland emas.
Niderlandiyalik futbolchining obro'si shartnomadagi vaziyat tufayli tushib ketdi va davom etayotgan jarohatlar bilan bog'liq muammolar uning jamoa uchun ahamiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Diario AS xabariga ko'ra, De Yong "Barselona"da "identifikatsiya inqirozi"dan aziyat chekmoqda. 27 yoshli yarim himoyachi maydonga tushganida sardorlik bog'ichini taqib yuradi, biroq uning avvalgi ta'siri yo'qolgan - endi u asosiy figura hisoblanmaydi.
Yaqinda ommaviy axborot vositalarida bosh murabbiy Xans-Diter Flik barcha qiyinchiliklarga va yaqin orada sotilishi haqidagi ko'plab mish-mishlarga qaramay, Frenki de Yongni klubda saqlab qolish niyati haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
9-Dekabr 2024,05:20