"Barselona" yulduzi Lamin Yamal jamoaning germaniyalik ustozi Xans-Diter Flik bilan ishlash borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Boshidanoq, Flik jamoaga rahbarlik qila boshlagach, hammasi yaxshi bo'lib ketdi. Yozda Evropa chempionatida terma jamoa ixtiyorida edim, ammo u bilan gaplashishga ulgurdim. Uning hammamizga mehr qo'yganiga, har birimiz bilan gaplashishga harakat qilganiga hayron qoldim. U doimo sodir bo'layotgan voqealarning sababini tushuntirishga harakat qiladi. Flik mening eng yaxshi murabbiylarimdan biri", - dedi Yamal Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Yamal Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 17 yoshli futbolchi La Ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va sheriklariga shuncha golli uzatma berdi.
O'qildi: 107 - Fikirlar: 0