Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 28-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yindagi (2:4) mag'lubiyat borasida o'z fikrlarini bildirdi. «Raqibni tabriklayman. Ularga omad yordam berdi, bu bizga ham kerak edi. Jamoamizda charchoq alomatlari sezilmadi, biz zaxiradan kuch oldik. Hisob 2:0 ko'rinishida qolishi mumkin edi, deb o'ylamayman. «Barselona» imkoniyatdan foydalandi va farqni qisqartirdi. "Barselona" kabi bunday kuchli jamoa uchun bu qo'shimcha ishonch beradi. Ular «qo'rquv zonasi»ga kira boshlaydi. Bizning qarshi hujumlarimiz ish bermagach, hisob 2:2 ko'rinishga keldi», – dedi Simeone.Turnir jadvalidagi holat: «Atletiko» – 28 ta o'yindan so'ng 56 ochko, 3-o'rin «Barselona» – 27 ta o'yindan so'ng 60 ochko, 1-o'rin