"Barselona" prezidenti Joan Laporta ushbu mavsumni jamoa uchun ijobiy baholadi.
"Muxlislar "Barsa"ning har bir musobaqada g'alaba qozonish uchun kurashadigan jamoasiga ega bo'lgan paytdan zavqlansin. Jamoa ham yuqori sifatli futbol o'ynaydi.
Bizda futbolchilarni eng yaxshi tarzda boshqarishni biladigan ajoyib murabbiy bor. Uning o'zi esa asosiy tarkib va zaxira o'yinchilariga bo'linish yo'qligini aytadi.
Murabbiyning hammaga orzu qilishiga ruxsat berilishi menga yoqadi. Muxlislarimizni orzu qilishda davom etishga chorlayman", dedi Laporta.
Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida “Real”dan 3 ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa Ispaniya kubogi finalida Madridga, Chempionlar ligasining chorak finalida esa “Borussiya”ga qarshi maydonga tushadi.
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0