Bu haqda "TalkSPORT" xabar bermoqda.
Ijara asosida "Aston Villa"da o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Unai Emeri qo'l ostida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.
U 15 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Reshford "Barselona"ga o'tishni istamoqda va uning "Aston Villa"dagi o'yinlari Evropaning boshqa yirik klublari e'tiborini tortmoqda.
"Barselona" yanvar oyidayoq 27 yoshli futbolchining transferi borasida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borgan, ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli kelishuvga erisha olmagandi. Yozda kataloniyaliklar yana bu variantga qaytish uchun bir nechta o'yinchilarini sotishlari kerak bo'ladi. PSJ ham Reshfordga qiziqish bildirmoqda, ular ham futbolchini bir necha transfer oynasidan beri kuzatib boryapti.
O'qildi: 104 - Fikirlar: 0