Transfermarkt portali mavsumning eng qimmatlashgan yosh himoyachilari ro'yxatini e'lon qildi.Demak, Transfermarkt portalining xabariga ko'ra, "Manchester Siti" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov joriy mavsumda narxi eng ko'p oshgan yosh himoyachilar orasida ikkinchi o'rinni egalladi. Futbolchining narxi joriy mavsumda 32,5 million evroga oshdi.U "Barselona"ning yosh iqtidorlari Pau Kubarsi va Alexandro Balde, shuningdek, "Arsenal"ning umidli futbolchisi Maylz Luis-Skelli kabi talantlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Joriy mavsumda narxi eng ko'p oshgan yosh himoyachilar (top-10):1. Pau Kubarsi ("Barselona") — 70 million evro (+40 million);2. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") — 35 mln evro (+32,5 mln);3. Din Hyoysen ("Bornmut") — 42 mln evro (+32 mln);4. Vitor Reys ("Manchester Siti") — 30 mln evro (+30 mln);5. Maylz Luis-Skelli ("Arsenal") — 28 mln evro (+26 mln);6. Petro Komutstso ("Fiorentina") — 25 mln evro (+24,3 mln);7. Alexandro Balde ("Barselona") — 60 mln evro (+20 mln);8. Archi Grey ("Tottenxem") — 35 mln evro (+17 mln);9. Renatu Veyga ("Yuventus") — 18 mln evro (+15 mln);10. Milosh Kerkez ("Bornmut") — 35 mln evro (+15 mln).