«Barselona» yarim himoyachisi Pedri aprel oyida Ispaniya La Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar berdi.Ovoz berishda ko'k-anorranglilar xavbeki Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, «Valensiya» darvozaboni Georgiy Mamardashvili, «Espanol» yarim himoyachisi Xaver Puado va «Malorka» xavbeki Serxi Darderni ortda qoldirdi.Pedri aprel oyida Ispaniya Primerasining to'rtta o'yinida maydonga tushdi va ularda samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. 22 yoshli futbolchi 33-turda «Malorka»ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.Pedri joriy mavsumda birinchi marta La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.
MAGO. ¡@Pedri es el ???????????????????????????? ???????????? ???????????? de abril en #LALIGAEASPORTS!#LALIGAPOTM | #PREMIOSLALIGA
— LALIGA (@LaLiga) April 24, 2025