"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jamoadagi holati haqida gapirdi.
Urugvaylik futbolchi Xans-Diter Flik qo'l ostida "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida doimiy o'ringa ega emas. Shuningdek, 26 yoshli futbolchi ko'pincha qattiq tanqidlar qurboniga aylanadi - masalan, Chempionlar Ligasida "Inter"dan mag'lubiyatdan keyin.
"Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o'ynayman. Men sardorlardan biriman, murabbiy menga ishonadi. Oldinda juda ko'p yaxshi narsalar bor.
Doim o'ynashni istardim - o'ynamaganimda o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotaman, lekin bu futbol. "Barsa"dagi holatimdan xotirjamman. Men etuk futbolchiman, o'zimni jismonan yaxshi his qilaman va formada bo'lganimda har kim bilan raqobatlasha olishimni bilaman. Tanqidlar meni qiziqtirmaydi - menga baribir," - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida himoyachi "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi.