"Barselona" "Liverpul" hujumchisi Luis Dias uchun yana bir marta so'rovni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kecha Niko Uilyams "Barselona" va "Arsenal"ning qiziqishlarini rad etib, "Atletik" bilan 2035 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Uilyamsning Bilbaoda qolish qarori "Barselona"ni Dias variantini qayta ko'rib chiqishga majbur qilgan, garchi "Liverpul" yoz boshida Kataloniya klubi va "Bavariya"ning Luis haqidagi so'rovlarini rad etgan bo'lsa-da.
"Barselona" yaqin kunlar yoki haftalar ichida 28 yoshli Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi haqida yana bir so'rovnoma ishlab chiqmoqchi, shu bilan birga "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshfordning variantinini ham ko'rib chiqmoqda.